Angliyalik afsonaviy futbolchi endi Saudiya klubini boshqaradi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi jamoa bosh murabbiyligiga Stiven Jerrardni olib keldi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Reynjers” va “Aston Villa”ning sobiq bosh murabbiyi Stiven Jerrard Saudiya Arabistoni taklifini bir necha bor rad etganiga qaramay, o‘tgan haftadagi muzokaralar ijobiy yakunlangan.

Unga ko‘ra, 43 yoshli angliyalik “Al-Ittifoq” bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida “Liverpul“ning sobiq yarim himoyachisi va sardori bo‘lgan Jerrard murabbiylik faoliyatini 2017 yilda “mersisaydlik”lar klubining yoshlar tizimida boshlagan. 

Shuningdek, 2019 yilda angliyalik mutaxassis “Reynjers” boshqaruviga o‘tgan. Uch yildan so‘ng esa “Aston Villa”ga kelib, 2022 yil oktyabr oyida jamoaning qoniqarsiz natijalari tufayli iste’foga chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Stiven Jerrard Al-Ittifoq Saudiya klubi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing