Saudiyada kimlarning “kosasi oqarmadi?”
Sport
−
01 fevral
9275Saudiya shayxlari transferlar oynasida yulduz futbolchilarni jalb qilib, butun dunyoni hayratda qoldirdi. Ronaldu, Neymar, Benzema, Kante, Firmino kabi futbolchilar faoliyatini mo‘maygina shartnomalar evaziga Osiyoda davom ettirdi. Yetarlicha futbolchilarni olib kelgan mamlakatning keyingi maqsadi dunyoga mashhur murabbiylarni chempionatga olib kelish. Bu borada Stiven Jerrard, Nunu Eshpiritu Santu, Slaven Bilich kabi murabbiylar Saudiya klublarini boshqardi.
Ammo ushbu mamlakatga kelib, omadi kelmagan bir qancha futbolchi va murabbiylar ishdan bo‘shatildi. Futbolchilar orasida Xenderson, San Maksimin, Neymar kabilar uzog‘i bir mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida faoliyat olib bordi. Murabbiylar orasida esa, Stiven Jerrard, Slaven Bilich, Nunu Eshpirito Santu, Rudi Garsiya, Marselo Galyardo kabi murabbiylar Saudiyada bir mavsum ham ishlamay ishdan bo‘shatildi.
Stiven Jerrard
Angliya futboli afsonasi Stiven Jerrard 2021 yilda “Aston Villa”dan ishdan bo‘shatildi. 2023 yilning yozida u Saudiya chempionati vakili “Al-Ittifoq” klubida ish boshlaydi. O‘sha mavsumda u jamoasi bilan chempionatda 6-o‘rinni egalladi. Ammo 2024/25 yilgi mavsumda murabbiyning klub bilan qayd etgan salbiy natijalari sabab, 2025 yilning yanvarida ishdan bo‘shatiladi. Jamoa Jerrard qo‘l ostida chempionatda joriy mavsum 18 turdan keyin 22 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinni qayd etdi.
Slaven Bilich
Tajribali xorvatiyalik murabbiy 2018 yilda “Vest Xem”da ishdan bo‘shatilgan va Saudiya Pro ligasi vakili “Al-Itihod”da faoliyat olib borgan. Bir necha oylik faoliyatdan keyin u yana Yevropaga qaytdi va “Vest Bromvich”, “Uotford”, “Beyjing Goan” klublarda ishladi. Bilich 2023 yilning yozida Saudiya Arabistoniga qaytib, o‘rtamiyona klublardan biri “Al-Fateh”ni qabul qildi. 2024/25 yilgi mavsumdagi qoniqarsiz natijalari sabab, u ishdan bo‘shatildi.
Nunu Eshpiritu Santu
“Tottenxem”dagi qisqa va omadsiz faoliyatdan so‘ng Nunu 2022/23 yilgi mavsumda “Al-Ittihod”ni qabul qilib oldi va debyut mavsumdayoq klub bilan mamlakat chempioniga aylandi. Murabbiy Saudiya chempionatiga Ronaldu, Benzema, Neymar kabi futbolchilar kelishidan oldin kelgandi. Taniqli futbolchilar bo‘lmaganligi sabab, u “Al-Ittihod” bilan chempion bo‘ldi va eng yaqin ta’qibchisi “Al-Nasr”dan 5 ochko o‘tib ketdi. Marokash terma jamoasi futbolchisi Abdulrazzoq Hamdalla o‘sha mavsumda 21 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘ldi.
Ikkinchi mavsumida Benzema, Kante, Jota, Fabino kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Nunu 2023/24 yilgi mavsumda bir necha oy davomida yomon natijalar qayd etgani sabab, ishdan bo‘shatildi. Boz ustiga jamoa sardori Karim Benzema bilan ham janjallashib qoldi.
Rudi Garsiya
“Lion”, “Marsel” va “Roma” kabi jamoalarda faoliyat olib borgan murabbiy 2022/23 yilgi mavsumda “Al-Nasr”da ishladi. Murabbiy klubda ish boshlagan yili Ronaldu keyin Brozovich, Mane va Lyaport kabi futbolchilar jamoaga olib kelindi. Garsiya Saudiya Arabistoni Superkubogida “Al-Ittihod”dan uchralgan mag‘lubiyat sabab, ishdan bo‘shatildi. Ayni damga kelib, Rudi Garsiya Belgiya milliy terma jamoasi murabbiyi etib tayinlangan.
LiveBarchasi