Saudiyaning ikki klubi “Atletiko” a’zosiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” va “Al-Tavun” klublari “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morataga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Euro Football” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, amaldagi klubi bilan yana bir mavsumdan keyin shartnomasi tugaydigan 30 yoshli ispaniyalik futbolchi Saudiya jamoalari nazariga tushgan.

Xususan, “Al-Tavun” forvardning transferi evaziga anchagina pul taklif qilmoqda. Klub taklif qilgan shartnomada Morataning jamoadagi 3 yillik faoliyati uchun 200 million yevro va’da qilingan.

Yaqindagina “Al-Ittifoq” boshqaruviga tayinlangan angliyalik murabbiy Stiven Jerrard ham klub tarkibida Moratani ko‘rish istagi borligini ma’lum qilgan. Aytilishicha, transfer masalalari yuzasidan muzokaralar boshlanish arafasida turibdi.

“Transfermarkt” internet portalida hujumchining transfer qiymati 20 million yevro deb baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Morata 2022/2023 yilgi mavsum davomida “Atletiko” nomidan 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Al'varo Morata Stiven Jerrard Al-Ittifoq Al-Tavun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing