Morata Ispaniyaga qaytdi

Sport

image

Ikki karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan hujumchi Alvaro Morata Italiyaning “Komo” klubidan ijara asosida Ispaniyaning “Leganes” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ijara shartnomasi bir yil muddatga tuzilgan.
Ma’lumot uchun, Morata 33 yoshda. U faoliyati davomida Ispaniyaning “Real Madrid” va “Atletiko Madrid”, Italiyaning “Yuventus” va “Milan”, Angliyaning “Chelsi” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” klublarida to‘p tepgan.

O‘tgan mavsumda ispaniyalik hujumchi “Komo” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Morata faoliyati davomida uch karra Italiya kubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u ikki martadan Italiya va Ispaniya chempioni, Chempionlar ligasi, Italiya Superkubogi va Ispaniya kubogi g‘olibi hisoblanadi. Futbolchi bir martadan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, Angliya kubogi, Yevropa ligasi, Turkiya chempionati va Turkiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Morata Ispaniya milliy terma jamoasi safida 87 ta o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U milliy jamoa bilan 2024 yilgi Yevropa chempionati hamda 2023 yilgi Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ma’lumot uchun, “Leganes” hozirda Ispaniya chempionatining ikkinchi darajali divizioni – Segundada ishtirok etmoqda. Jamoa ikki turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing