Alvares “Atletiko” mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
Sport
−
26 avgust 397 1 daqiqa
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares o‘zini yomon his qilgani sababli jamoa mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda klub vakillariga tayanib, jurnalist Ruben Uriya xabar berdi.
Ma’lumotni boshqa ispan manbalari ham tasdiqlagan. Klub vakillarining ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchi mashg‘ulotga kelmagan. U o‘zini yomon his qilgani sababli dam olishga qaror qilgan.
Alvares atrofidagi vaziyat esa hamon murakkabligicha qolmoqda. 26 yoshli hujumchi “Barselona”ga o‘tish istagini bildirgan, ammo “Atletiko” uni jamoadan qo‘yib yuborish niyatida emas.
Bundan tashqari, La Liganing ikkinchi turida “Vilyarreal”ga qarshi 2:2 hisobidagi durangdan so‘ng “Atletiko” muxlislari Alvaresni xushtakbozlik bilan kutib olishgan edi. O‘yin yakunida Alvares jamoadoshlari bilan muxlislar oldiga bormasdan bir o‘zi kiyim almashtirish xonasiga kirib ketgan edi. Mazkur vaziyat futbolchining klubdagi kelajagi borasidagi savollarni yanada kuchaytirdi.