“Liverpul” forvardi Saudiya klubi bilan shartnoma imzoladi 

Sport

image

“Liverpul” forvardi Saudiya klubi bilan shartnoma imzoladi 

Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi “Liverpul” sardori Jordan Henderson bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bugun, 26 iyul kuni angliyalik 33 yoshli yarimhimoyachi “Al-Ittifoq” bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. Endi Dammam klubi Hendeson transferi uchun “Liverpul”ga 12 million yevro to‘lab beradi. 

Ma’lumot uchun, Henderson o‘tgan  mavsum “Liverpul”ning barcha musobaqalaridagi 43 ta, APLning esa 35 ta o‘yinida maydonga tushgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyul kuni Saudiya Arabistonining “Al-Ittifoq” klubi “qizillar” sardori bilan og‘zaki kelishuvga erishgan edi. Mazkur klub iyul oyi boshida angliyalik mashhur mutaxassis Stiven Jerrardni jamoa bosh murabbiyligiga tayinlagandi


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Al-Ittifoq Jordan Henderson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made