Jek Maning “yashirinib olgan” joyi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Alibaba asoschisi Jek Ma yo‘qolib qolmagan, balki atayin yashiringan. Bu haqda Amerika ommaviy axborot vositalari o‘z manbalariga asoslangan holda xabar bermoqda. 

Xitoyning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Jek Ma ikki oydan beri jamoatchilikka ko‘rinmayapti. U 2020 yilning oktyabr oyi oxirida Shanxayda bo‘lib o‘tgan konferensiyada xalqaro moliyaviy tartibga solishni, xususan, Xitoy bank tizimini tanqid qilgan. 

U dunyodagi ko‘plab muammolar rivojlanish haqida emas, faqat xavfning oldini olish muhokama qilingani uchun paydo bo‘ladi, degan fikr bildirgan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, janob Ma Xitoy nazorat organlari tomonidan chaqirilgan. Alibaba sho‘’ba korxonasining rejalashtirilgan IPO’si bekor qilingan. Kompaniyaga nisbatan antimonopol tekshiruvi qo‘zg‘atilgan

Shundan so‘ng, ishbilarmon yoki mamlakatdan qochib ketgan yoki “yo‘q qilib yuborilgan”, degan mish-mishlar tarqalgan. Lekin xabarlarga ko‘ra, Ma tirik va sog‘lom. Hozirda u o‘zining Xanchjouda joylashgan shtab-kvartirasida. Ma shunchaki, jamoatchilikka ko‘rinmaslikni afzal ko‘rmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Alibaba Xitoyda eng yirik elektron tijorat platformalariga egalik qiladi. Ulardan eng ommabopi – Taobao. Kompaniya xaridorlar va sotuvchilarni ushbu platformalarda birlashtiradi, ularga turli xil xizmatlarni taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jek Ma

Baholaganlar

945

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing