Alibaba asoschisi Xitoyning eng boy odamiga aylandi

Olam

image
Xalqaro Alibaba onlayn savdo platformasi asoschisi Jek Ma Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda "Hurun" (Forbes'ning Xitoy varianti) biznes nashri ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
 
2020 yilgi reytingni tuzuvchilar 56 yoshli milliarderning boyligini 58,8 milliard dollarga baholashgan.
 
Ikkinchi o‘rinni Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi direktorlar kengashi raisi 49 yoshli Ma Huaten egallagan. Uning boyligi 57,4 milliard dollarni tashkil etgan.
 
Nongfu brendi ostida ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi kompaniya egasi 66 yoshli Chjan Shanshan bu yilgi reytingda uchinchi o‘rinni egallagan. Uning boyligi 53,7 milliard dollarni tashkil etgan.
 
Ma’lumot uchun, joriy yil xitoylik milliarderlar ro‘yxatiga yana 257 kishi qo‘shilgan. 
 
"Hurun" ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda milliarderlar soni 878 kishini tashkil etmoqda. Ularning deyarli yarmi Xitoyning Pekin, Shenchjen, Shanxay, Xanchjou, Guanchjou va Suchjou shaharlarida istiqomat qiladi.

Maqola muallifi

Teglar

Jek Ma

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing