Alibaba asoschisi Jek Ma ikki oydirki yo‘qolib qolgan – OAV

Olam

image

Alibaba Group asoschisi Jek Ma ikki oydan beri jamoatchilik oldida chiqish qilmayapti. Bu haqda "Fox News" xabar bergan. 

Manbada aytilishicha, uning g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabar u 2020 yilning 24 oktyabr kuni Xitoyning Shanxay shahrida so‘zlagan nutqidan keyin tarqala boshlagan. 

Qayd etilishicha, nutqi davomida Jek Ma iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish kerakligini ta’kidlagan. 

“Biz kelajak avlod va yoshlar uchun yangi (moliyaviy) tizimni yaratishimiz kerak. Hozirgi tizimni isloh qilishimiz kerak”, degan Jek Ma. 

Qayd etilishicha, 2020 yilning noyabr oyida Jek Ma o‘zining “Afrikaning ishbilarmon qahramonlari” nomli shousining afrikalik tadbirkorlar uchun o‘tkaziladigan tanlovi yakuniy qismida ishtirok etishi kerak bo‘lgan. Lekin u ushbu tadbirda ham qatnashmagan. 

Avvalroq, Xitoyning bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat idorasi Alibaba Group’ga qarshi tekshiruv boshlagani haqida xabar berilgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Alibaba Xitoyda eng yirik elektron tijorat platformalariga egalik qiladi. Ulardan eng ommabopi – Taobao. Kompaniya xaridorlar va sotuvchilarni ushbu platformalarda birlashtiradi, ularga turli xil xizmatlarni taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jek Ma

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing