Jek Maning kompaniyalari milliylashtiriladi

Olam

image

Xitoy Hukumati Jek Maning Alibaba va Ant Group kompaniyalarini milliylashtirishga qaror qildi. 

Ta’kidlanishicha, rasmiylar "monopoliyaga qarshi ish"ni kuchaytirish kerak deb hisoblamoqda, shuning uchun ular Xitoyning asosiy boy odamining korxonalarini olishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, rasmiylar elektron tijorat gigantidan tashqari Tencent va Meituan kompaniyalariga ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Jek Ma 2020 yilning oktyabr oyi oxirida Shanxayda bo‘lib o‘tgan konferensiyada xalqaro moliyaviy tartibga solishni, xususan, Xitoy bank tizimini tanqid qilganidan so‘ng jamoatchilikka ko‘rinmay qolgandi. Shundan so‘ng, qator mish-mishlar paydo bo‘ldi. Yanvar oyi boshlarida esa u o‘zining Xanchjouda joylashgan shtab-kvartirasida ekani va shunchaki, jamoatchilikka ko‘rinmaslikni afzal ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Alibaba Xitoyda eng yirik elektron tijorat platformalariga egalik qiladi. Ulardan eng ommabopi – Taobao. Kompaniya xaridorlar va sotuvchilarni ushbu platformalarda birlashtiradi, ularga turli xil xizmatlarni taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jek Ma

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing