Kurs UZS

USD

12 948.10

-9.04

EUR

14 696.09

-6.38

RUB

156.93

0.37

JCHga ilk qadam. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 3 aprel kuni Saudiya Arabistonida start olgan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi “A” guruhi ilk turida O‘zbekiston Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. 

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Sadriddin Hasanov hisobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqada Nurbek Sarsenbayev oradagi farqni 2 taga oshirdi. Taym yakunida, ya’ni 40-daqiqada tailandlik futbolchi Silvia Mekses hisobni qisqartirdi. 80-daqiqada Asilbek Aliyev O‘zbekistonning 3-goliga mualliflik qildi. 85-daqiqada Abubakir Shukurullayev yakuniy nuqtani qo‘ydi, 4:1.

Shu tariqa, Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk turni g‘alaba bilan boshladi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi turni 6 aprel Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi JCh O'zbekiston U-17

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing