Kannavaro Italiya terma jamoasini boşqarişni orzu qilişini aytdi

Sport

−

image

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro bir kun kelib Italiya terma jamoasini boşqariş asosiy orzusi ekanligini aytdi. Bu haqda u “Sky Sport Italia” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

“Mening maqsadim va orzuim – Italiya terma jamoasini boşqariş. Men buning uçun şunçaki dunyo böylab sayohat qiliş emas, balki katta maqsadlarga erişiş niyatida mehnat qilyapman. Muhim natijalarga erişiş uçun astoydil işlaşni xohlayman. Men A Seriyada oltita uçraşuv davomida işladim va “Udineze”ni quyi ligaga tuşib ketişdan saqlab qoldim. Odatda bunday vaziyatlarning 99 foizida murabbiy bilan şartnoma uzaytiriladi, ammo mening holatimda boşqaça qaror qabul qilindi va men buni qabul qildim. Bundan xursand bölmaganman, lekin buni ajoyib klubda orttirilgan tajriba sifatida qabul qildim. U yerda murabbiyning rivojlanişi va muvaffaqiyatga erişişi uçun barça şaroitlar mavjud”, deydi Kannavaro.

Ma’lumot uçun, Fabio Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlangan va Timur Kapadze örnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis Özbekiston milliy terma jamoasi bilan 2+3 yillik sxema böyiça şartnoma imzolagan. Ya’ni, Kannavaroning majburiy şartnomasi 2027 yilning oktyabrigaça amal qiladi. U Özbekiston terma jamoasigaça Italiyaning “Benevento” va “Udineze”, şuningdek, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq insayder Fabritsio Romano Osiyo kubogining ötkaziliş muddati köçirilişi sababli Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyligidan ketiş haqida öylayotganini ma’lum qilgandi. Şundan söng, ÖFA uşbu xabarlarni haqiqatga töğri kelmasligini aytib ötdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing