Kannavaro Zidanning “kalla”si unga “Oltin töp”ni yutişda yordam berganini tan oldi

Sport

−

visibility1659 timer3 daqiqa

image

Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro 2006 yilgi Jahon çempionati finalida Zinedin Zidanning Marko Materatssiga boşi bilan zarba berişi uning “Oltin töp”ni qölga kiritişiga ma’lum ma’noda yordam berganini aytdi. Bu haqda Kannavaro “La Gazzetta dello Sport” naşriga bergan intervyusida söz oçdi. 

“France Football” jurnali jurnalisti meni “Real Madrid”ning maşğulot maydonidan çiqayotganimda töxtatib, maşinamga ötirdi. U Buffon endi mendan özib keta olmasligini, ğolib bölganimni va endi intervyu olişi kerakligini aytdi. Öşa paytda buni hazil deb öylagandim. Öşa yilgi öyinlarni qayta körganimda, özimga: “Xudoyim, men qanday yaxşi öynagan ekanman!” deyman. Ammo öşanda ham, hozir ham bir narsani tuşunaman: agar Zidan Materatssiga boşi bilan zarba bermaganida, “Oltin töp”ni yutişim ança qiyin bölardi”, deydi Kannavaro.

Kannavaro uning “Oltin töp”i qadri uç baravar oşganini ta’kidlagan. Uning fikriça, şundan beri birorta ham himoyaçi uşbu sovrinni qölga kirita olmagan va kelajakda bu mukofotga kim sazovor bölişini taxmin qiliş qiyin.

“Mening “Oltin töp”imning qiymati endi uç baravar oşdi. Öşandan beri birorta ham himoyaçi bu sovrinni qölga kiritmadi. Kelajakda kim bu mukofotga sazovor bölişi mumkinligini ham tasavvur qila olmayman. Balki Pau Kubarsi? Uning ğalabasi eng köp tanqid qilinadigan şahar – “Barselona” himoyaçisining sovrinni qölga kiritişi bölardi”, deydi u.

Kannavaro hozirgi futbolda himoyaçilarning individual texnikasi, harakatlaniş uslubi va himoya könikmalariga yetarliça e’tibor berilmayotganini ta’kidlagan.

Şuningdek, Kannavaro Italiya terma jamoasi sönggi vaqtlarda juda köp gol ötkazib yuborayotganini aytgan. Uning fikriça, bu muammoni faqat markaziy himoyaçilar bilan boğlaş notöğri, çunki butun jamoaning harakatlari va pressingni taşkil etişi muhim ahamiyatga ega.

“Italiya juda köp gol ötkazib yubormoqda. Ammo gap faqat markaziy himoyaçilarda emas, butun jamoaning öyinida. Futbolçilarga ular ot emasligini, pressingni ham aql bilan amalga oşiriş kerakligini örgatiş lozim. Spalletti aytganidek, agar pressing qiliş haqida qaror qabul qiliş bilan harakatni boşlaş örtasida vaqtni boy bersangiz, allaqaçon keç böladi. Italiya terma jamoasida aynan şunday holat kuzatilmoqda. Biz töpni qaytarib oliş uçun yetarliça harakat qilmayapmiz va raqib pressingning birinçi çiziğini yorib ötganida muammolarga duç kelyapmiz”, deydi Fabio Kannavaro.

Ma’lumot uçun, Fabio Kannavaro Özbekiston milliy terma jamoasi bilan amaldagi şartnomasi 2027 yilning oktyabr oyiga qadar möljallangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kannavaro ÖFA bilan amaldagi şartnomasini uzaytiriş böyiça muzokaralar olib borilyotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing