Jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia'si xatlandi
3-sahifa
−
08 iyun
6904Toshkentda jami 462 mln so‘mlik jarimalar va alimentdan qarzini to‘lamagan fuqaroning Kia K5 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituviga qarzdor J.T. dan qarz undirish bilan bog‘liq bo‘lgan 462 mln 235 ming 687 so‘mlik ijro jami 210 ta hujjatlar kelib tushgan.
Ushbu hujjatlarning 208 tasi 91 mln 969 mln. so‘mlik Toshkent shahar IIB YHXBning qarorlariga asosan kelib tushgan ma’muriy jarimalarni tashkil qilsa, 1 tasi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 359 mln 340 ming so‘mlik qarzdorlikni undirish haqidagi hujjat hamda 1 tasi 1 nafar voyaga yetmagan farzandlariga aliment undirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijro hujjatlar hisoblanadi.
Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritilib, qarzdorga ixtiyoriy ravida to‘lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Mazkur qarzdorliklarni qarzdor J.T. tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisining olib borgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan Kia K5 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini xatladi.
LiveBarchasi