Japarov yana Jeenbekov va Otunbayeva bilan bir safda xotira marosimida qatnashdi (fotoreportaj)

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bugun, 9 may kuni Bishkek shahridagi G‘alaba maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 76 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xotirlash marosimida ishtirok etdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bergan.  

Japarov abadiy olovga gul qo‘ygan va Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini bir daqiqalik sukut bilan yod etgan.

Bir daqiqalik sukutdan so‘ng G‘alaba maydonida o‘q otilgan va Qirg‘iziston Respublikasi madhiyasi yangragan. 

Xotirlash marosimida Vazirlar Mahkamasi Raisi Ulug‘bek Maripov, Oliy sud Raisi Nurgul Bakirova, sobiq Prezidentlar Roza Otunbayeva va Sooronbay Jeenbekov ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda “Aprel inqilobi” qurbonlari xotirasini yod etish marosimida ham mamlakatning amaldagi rahbari Sadir Japarov va sobiq Prezidentlar Roza Otunbayeva va Sooronbay Jeenbekov birgalikda ko‘rinish bergandi.  

2017 yildan 2020 yilning 15 oktyabriga qadar Qirg‘iziston Prezidenti bo‘lgan Jeenbekov ayni damda fond tuzib, unga rahbarlik qilmoqda. U Prezident lavozimini o‘z xohishi bilan tark etgandan so‘ng, mamlakat jamoatchiligida Sooronbay Jeenbekov va Roza Otunbayevani sobiq Prezident unvonidan mahrum qilish talab etildi. Joriy yil 1 fevraldan mamlakat bo‘ylab fuqarolarning imzosini yig‘ish boshlandi. 

Aprel oyining o‘rtalarida Otunbayeva Prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev qora qutini (2010 yilning aprel-iyun oylarida Qirg‘izistonda yuz bergan voqealar nazarda tutilgan – tahr.) ochmasligi kerakligi haqida gapirdi. 

Shundan so‘ng, Prezident Sadir Japarov Roza Otunbayevaning ukasi – Qirg‘izistonning AQSH hamda Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi Bolot Otunbayevni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Japarov G'alaba

Baholaganlar

301

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing