Japarov bir kunda 8 ta hokimni ishdan oldi

Olam

image

Bugun, 31 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatning 4 ta viloyatida kadrlar orasida tozalash ishlarini amalga oshirdi. Bir kunning o‘zida jami 8 nafar hokim lavozimidan ozod etilib, ularning o‘rniga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Eng ko‘p o‘zgarishlar Jalolobod viloyatida kuzatilgan. Hududda bir nechta tuman va shahar hokimlari almashgan. Shuningdek, Chuy, Botken va Norin viloyatlarida ham hokimlar yangilangan.

Xususan:

  • Chuy viloyatida Niyozbek Qo‘ziyev Moskva tumanining hokimi lavozimidan ozod etilib, yangi hokim sifatida Ilyos Toshboyev tayinlangan;
  • Jalolobod viloyatida Talantbek Odilov Bozorqo‘rg‘on tumanining hokimligidan ozod etilib, Oltinbek Bekturov uning o‘rnini egallagan;
  • Ruslan Aytboyev Olabuqa tumanining hokimi lavozimidan o‘z arizasi bilan ozod etilib, Temirpo‘lat Abikeyev tumanning yangi hokimi etib tayinlangan;
  • Nurtilak O‘rozboyev Qorako‘l shahar hokimi lavozimidan ozod qilinib, Odilbek Tojimirzayev shahar hokimi etib tayinlangan;
  • Oltinbek Jumayev Moylusuv shahar hokimi lavozimidan ozod qilinib, o‘rniga Olmos Boyg‘oziyev tayinlangan.
  • Botken viloyatida Baxtbek Qo‘shaliyev Qizilqiya shahar hokimi etib tayinlangan.
  • Norin viloyatida Jaynak Ne’mat o‘g‘li Norin shahar hokimi lavozimidan ozod etilib, yangi hokim etib Yulduzbek Bekkeldiyev tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Jogorku Kenesh majlisida mamlakat hukumatining korrupsiyaga qarshi keskin choralar ko‘rishini ma’lum qilib, bu kurashda, hatto qarindoshini ham ayamasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Qirg'iziston Prezidenti Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing