Japarovning sobiq maslahatchisi hibsga olindi
Olam
−
15:51 2730 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning sobiq maslahatchisi Jonibek Quvondiqov xorijiy investorlarga nisbatan yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib “kg.24” xabar berdi.
Jonibek Quvondiqov Jogorku Kenesh deputati Madina Kairilbekovaning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Jurnalistlar bilan suhbatda Kairilbekova erining hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarni rad etgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga ko‘ra, holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Firibgarlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiyevning ukasi sobiq deputat Shoirbek Tashiyev “Qirg‘izneftegaz”dagi korrupsiya holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi