Japarov Qirg‘izistonda Xitoyga qarzni to‘lash uchun maxsus hisob ochilganini e’lon qildi
Olam
−
05 noyabr 2020
11636Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bosh vazir Sadir Japarov mamlakatning Xitoydan qarzini qaytarish uchun xalqdan yordam yig‘ish maqsadida maxsus hisob raqami ochilganini e’lon qildi. Bu haqda u Jalol-Obod viloyatidagi qishloq aholisi bilan uchrashuvi vaqtida aytib o‘tdi. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.
“Menga ishonayotgan migrantlar, shuningdek, xususiy tadbirkorlar Xitoyga qarzni to‘lash uchun maxsus hisob raqamini ochadilar. Muammo ikki yoki uch kun ichida hal qilinadi. Biz hisob shaffofligini ta’kinlaymiz”, degan Japarov.
Japarov avvalroq boshqa tumanlar aholisi bilan uchrashganda davlat qarziga xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatning ichki resurslari yetarli ekanini aytgandi.
Qirg‘izistonning Xitoy oldidagi qarzini qoplash uchun aholidan pul yig‘ish kampaniyasini boshlash taklifi parlament deputati va “Ayollar kengashi” jamoat birlashmasi raisi Aynura Altinboyeva tomonidan bildirilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning birlashmasi pul yig‘maydi, faqatgina bu jarayonni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi.
Qirg‘iziston Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 30 iyul holatiga mamlakatning tashqi qarzi 4 mlrd 169,6 mln dollarni tashkil qilgan. Ularning 1 mlrd 776,29 mln dollari Xitoyning “Eksimbank”idan olingan.
LiveBarchasi