Qirg‘iziston parlamentining yangi spikeri saylandi
Olam
−
04 noyabr 2020
5057Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakat parlamentining yangi spikeri etib Talant Mamitovni saylashdi.
Talant Mamitov "Respublika-Ata-Jurt" fraksiyasi vakili hisoblanadi.
Mamitov ushbu lavozimga yagona nomzod edi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq spiker Kanat Isayev bugun, 4 noyabr kuni iste’foga chiqqandi. Chunki u 2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida qatnashish niyatida.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sadir Japarov ham davlat rahbari lavozimiga nomzod bo‘lish uchun vakolatdan voz kechishini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi