Janubiy Koreyada muxolifat yetakchisi pichoqlab ketildi (video)
Olam
−
02 yanvar
9815Janubiy Koreyada muxolifat yetakchisi sifatida tanilgan Li Jemyon bugun, 2 yanvar kuni janubi-sharqdagi Pusan shahriga tashrifi chog‘ida noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab ketildi. Bu haqda “AP news” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hujum Li yangi aeroport binosi bo‘ylab sayohatini tugatib, jurnalistlar va olomon orasidan o‘tayotganda sodir bo‘lgan. Pusan politsiyasiga ko‘ra, jinoyatchi o‘zini yetakchining tarafdori sifatida ko‘rsatgan, uning dastxatini olmoqchi ekanligini aytib, unga yaqinlashgan. So‘ng muxolif partiya raisining bo‘yniga pichoq tortib yuborgan.
Li Jemyon yerga yiqilishi bilan uning atrofidagi odamlardan biri ro‘molcha bilan qon ketishini to‘xtatgan. Ayni paytda 59 yoshli “Toburo” partiyasi yetakchisi davolanish uchun yaqin atrofdagi shifoxonaga olib ketilgan. Politsiya uning hozir hushida ekanligi va ahvoli og‘ir emasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida 2011 yilda mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘ygan 61 yoshli tadbirkor Aleksey Petrov otib o‘ldirilgandi.
LiveBarchasi