Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
19:11 375 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan Seul shahrida o‘tkazilgan tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yetakchi kompaniyalari hamda moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.
O‘zbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qo‘shma loyihalar ishga tushirilgan va qurilishi boshlangan, salmoqli kelishuvlar paketi imzolangan.

Davlat rahbari birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etib, hamkorlikning beshta strategik yo‘nalishi bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surgan. O‘zbekiston Prezidenti ushbu formatdagi birinchi biznes sammitda ham so‘zga chiqqan.
Tashrif doirasida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Tadbirlar yakunlangach, aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.
Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketgan.
Live
Barchasi