Koreya ta’lim vaziri imtihondagi mojaro ortidan iste’foga çiqdi

Olam

−

13:37 visibility186 timer3 daqiqa

image

Bugun, 22 noyabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon Ta’lim vaziri Çxve Gyo Çjinning iste’fosini qabul qildi. Bunga rasmiylar davlat bitiruv imtihonlari tizimini sun’iy intellekt (SI) yordamida köçiriş ehtimoliga öz vaqtida tayyorlay olmaganidan jamoatçilik noroziligi sabab böldi. Bu haqda respublika rahbari ma’muriyati xabar berdi. 

“Prezident Li Çje Myonga Ta’lim vaziri Çxve Gyo Çjin iste’foga çiqiş istagini bildirgani haqida axborot berildi va Prezident uni qabul qildi. Şundan söng, Ta’lim vaziri lavozimiga nomzodlarni tanlaş jarayoni boşlanadi”, deyiladi xabarda. 

Şu bilan birga, Prezident Boş vazir Xan Son Sukka imtihonlarda adolatli baholaşni kafolatlaydigan çora-tadbirlar işlab çiqişni topşirgan.

Avvalroq, Ta’lim vaziri Çxve Gyo Çjin öz bayonotida rasmiylar imtihonda sun’iy intellektdan foydalaniş ehtimoliga oldindan tayyorgarlik köra olmaganini, imtihon tartibiga sönggi daqiqalarda kiritilgan özgarişlar esa noqulaylik va çalkaşliklar keltirib çiqargan bölişi mumkinligini tan olgan.

Ma’lumot uçun, joriy yilning 19 noyabr kuni Koreya Respublikasida maktab bitiruvçilari uçun yagona davlat imtihoni bölib ötdi. Bu yil mamlakat jamoatçiligi test sinovlari vaqtida sun’iy intellektdan keng foydalaniş ehtimoli va bunday firibgarliklarning oldini oliş çoralari yetarli emasligidan xavotirga tuşgan edi. 15 noyabr kuni soliq maslahatçilari uçun ötkazilgan attestatsiya imtihonida eng yuqori natija körsatgan iştirokçi mitti kamera va sun’iy intellektdan foydalanganini tan olgan.

Koreya Respublikasi hukumati imtihonda sun’iy intellekt yordamida qalloblik qiliş ehtimoliga qarşi kuraşiş çoralarini kördi. Taşkilotçilar “aqlli” közoynaklar va mitti fotokameralardan foydalaniş imkoniyatini istisno qiliş maqsadida öquvçilarning közoynaklarini tekşirdi hamda kiyimlaridagi tugmalarni yelimlab qöydi. Auditoriyaga smartfon olib kirganlarni aniqlaş maqsadida rasmiylar odatda yirik tabiiy ofatlar vaqtida yuboriladigan mobil telefonlarga ommaviy xabarnoma jönatiş usulidan foydalandi. Agar telefon yoqilgan bölsa, ovozli ogohlantiriş hatto ovozsiz rejimda ham işlab ketadi.

Uçta ana şunday ommaviy xabarnoma yordamida 54 nafar qoidabuzarni aniqlaşga muvaffaq bölindi. Rasmiylar elektron qurilmalar yordamida köçirişga qilingan jami 111 ta uriniş haqida ma’lum qildi. 2025 yilda bunday holatlar 98 tani taşkil etgan. 2026 yilgi imtihonni qariyb 500 ming nafar ösmir topşirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyada uşbu imtihonlar ötkazilişi munosabati bilan joriy yilning 19 noyabr kuni samolyotlarning barça uçiş va qönişlari vaqtinça töxtatilişi, şuningdek, fond bozori oçilişi keçiktirilişi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing