Koreya Prezidenti va rafiqasining şaxsiy ma’lumotlari tarqaldi

Olam

−

image

Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myonning Yevropa safarida qatnaşgan 168 kişiga oid şaxsiy ma’lumotlar pulli internet resurslardan biriga joylaştirildi. Oçiqlangan ma’lumotlar orasida Prezident va uning rafiqasi Kim Xe Gyonning pasport ma’lumotlari ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Internetga çiqarilgan faylda şaxslarning koreys va ingliz tillaridagi ism-şarifi, lavozimi, tuğilgan sanasi, pasport raqami va hujjatning amal qiliş muddati körsatilgan. Röyxatga Prezidentdan taşqari Prezident ma’muriyati, Taşqi işlar vazirligi va qöriqlaş xizmati xodimlari, şuningdek, jurnalistlar ham kiritilgan.

Taxminlarga köra, fayl 2 iyun kuni, Li Çje Myonning Belgiya, Italiya va Fransiyaga safari boşlanişidan taxminan bir hafta oldin joylaştirilgan.

Hodisa yuzasidan mamlakat Taşqi işlar vazirligi tekşiruv boşlagan. Asosiy e’tibor ma’lumotlarning himoyalangan tizimlardan qanday qilib çiqib ketganini aniqlaşga qaratilgan. Jumladan, xodimlarning ehtimoliy xatti-harakatlari, ma’lumotlarni saqlaş qoidalari buzilgani yoki taşqi aralaşuv bölgani örganilmoqda.

Vazirlik, şuningdek, Prezident safariga tayyorgarlik jarayonida foydalanilgan kompyuterlar va elektron poçta hisoblarini texnik tekşiruvdan ötkazmoqda. Bu orqali ma’lumotlarning yana sizib çiqişiga yöl qöymaslik maqsad qilingan. Oçiqlangan ma’lumotlarni saytdan olib taşlaş va ularning keyinçalik tarqalişini çeklaş çoralari ham körilgan.

Prezident ma’muriyati pasport ma’lumotlari oşkor bölganidan xabardor ekanini bildirgan. Hozirda Li Çje Myon, uning rafiqasi va ma’lumotlari tarqalgan boşqa rasmiy şaxslar uçun yangi pasportlar rasmiylaştiriş çoralari körilmoqda.

KBS telekanali internetda mazkur ma’lumotlarni aniqlab, prezident ma’muriyatiga xabar bergan. Hozirça ularning boşqa manbalarda ham tarqalganini tasdiqlovçi dalillar yöq.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing