“Dasturxonda pişloq yöq”. Prezident huzuridagi kengaş oziq-ovqat narxlarini tanqid qildi

Jamiyat

−

image

Özbekistonda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga qöllanilayotgan nol darajali bojxona stavkalarini uzaytirmaslik taklif qilinmoqda. Gap quyultirilgan sut va qaymoq, yogurt, pişloq, olma, nok, şokolad, makaron va boşqa mahsulotlar haqida ketmoqda. Bu haqda 27 oktyabr kuni Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça Jamoatçilik kengaşi yiğilişida muhokama qilindi. 

Hozirda Özbekistonda 56 turdagi oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlari importiga nol darajali bojxona bojlari qöllaniladi. Uşbu imtiyozlar 2027 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Vazirlik ularning 45 tasi uçun imtiyozlarni töliq, yana ikkita tovar pozitsiyasi böyiça qisman 2028 yilgaça uzaytirişni taklif qilgan. Qolgan töqqizta tovar guruhi uçun esa imtiyozlarni uzaytirmaslik rejalaştirilmoqda.

Ular orasida quyultirilgan sut va qaymoq, yogurt, pişloq va suzma, olma, nok va behi, şokolad, makaron, mineral va gazlangan suvlar hamda salqin içimliklar bor.

Vazirlikning Tarif va notarif tartibga soliş bölimi boşliği Sarvarxöja Xonxöjayev taklif amaldagi imtiyozlarni muddatidan oldin bekor qilişni anglatmasligini ta’kidladi.

“Biz amaldagi imtiyozlardan biron-bir tovar pozitsiyasini çiqarib taşlamayapmiz va ularni muddatidan oldin bekor qilmayapmiz. Biz imtiyozlar muddati tugayotganidan kelib çiqib, qaysi tovarlar uçun ularni qöşimça uzaytiriş mumkinligini körib çiqmoqdamiz”, deydi u.

Vazirlik taklifni asoslaşda mahalliy korxonalarning işlab çiqariş quvvatlari va içki bozorni mahsulotlar bilan ta’minlaş imkoniyatlarini hisobga olgan.

Masalan, 2026 yilning yanvar–avgust oylarida 84 ta korxona 84 ming tonna quyultirilgan sut va qaymoq işlab çiqargan, import hajmi esa 15 ming tonnani taşkil etgan. Yogurt işlab çiqariş 77 ta korxona hissasiga töğri kelib, sakkiz oyda 50,2 ming tonna mahsulot çiqarilgan.

Biroq kengaş a’zolari işlab çiqariş va import hajmining özi bozor ehtiyojini baholaş uçun yetarli emasligini bildirdi. Aholining xarid qobiliyati, mahsulotlar narxi va iste’mol hajmining ösişi ham hisobga olinişi kerakligi ta’kidlandi.

Pişloq hali har bir özbek oilasining dasturxonidan joy olgani yöq

Iqtisodçi Otabek Bakirov imtiyozlarni bekor qiliş taklifiga qarşi çiqqan. Uning aytişiça, ayrim mahsulotlar narxi sönggi töqqiz oyda umumiy inflyatsiyadan tezroq ösgan.

“Tovarni imtiyozlar röyxatidan çiqariş iqtisodiy va moliyaviy jihatdan asoslangan bölişi şart. Ammo men bunday asoslarni körmadim”, deydi Otabek Bakirov.

Uning qayd etişiça, imtiyozlar tugagaç, pişloq va suzmaga 15 foiz, yogurt, olma va nokka esa 20 foiz import boji qöllanişi mumkin. Bu esa aholi uçun uşbu mahsulotlarning hamyonbopligini pasaytiradi.

“Özbek xalqi endigina bu mahsulotlarni bolalardan yaşirmaydigan va mehmonga deb olib qöymaydigan bölib yaşay boşladi. Odamlar faqat qornini töydiriş qayğusidan uzoqlaşib, jiddiyroq ehtiyojlar, vazifalar va maqsadlar haqida öylay boşladi. Pişloq hali har bir özbek xonadonida paydo bölgani yöq”, deydi iqtisodçi.

U, şuningdek, nol darajali bojlarni har yili uzaytiriş amaliyotini tanqid qildi. Uning fikriça, yil oxirida imtiyozlar taqdiri noaniq bölib qolişi importçilar, işlab çiqaruvçilar va iste’molçilar uçun qiyinçilik tuğdiradi. Bakirov barça körib çiqilayotgan tovarlar uçun nol stavkalarni saqlab qoliş va ularni kamida uç yilga belgilaşni taklif qildi.

Bojlar mahalliy mahsulotlar narxini ham oşirişi mumkin

Savdo va xizmat körsatiş assotsiatsiyasi raisi Zafar Hoşimov ham imtiyozlarni qisqartirişga e’tiroz bildirgan. Uning fikriça, mamlakatda yetarli işlab çiqariş quvvatlari mavjudligi aholi mahsulotlar bilan töliq ta’minlanganini anglatmaydi. Masalan, olma hosilining bir qismi şarbat va boşqa mahsulotlar işlab çiqarişga sarflanadi, yana bir qismi esa saqlaş va taşiş jarayonida yöqotiladi.

Hoşimov import bojlarining oşişi nafaqat xorijiy, balki mahalliy mahsulotlar narxiga ham ta’sir qilişini ta’kidlagan.

“Bojlar joriy etilganda nafaqat import mahsulot qimmatlaşadi. Bu içki bozordagi narxlarni ham oşiradi. Agar import olma 20 foizga qimmatlaşsa, mahalliy işlab çiqaruvçi ham narxni oşirişi mumkin, çunki raqobat susayadi”, deydi tadbirkor.

Uning baholaşiça, ayrim hollarda 20 foizlik boj mahsulotning yakuniy qiymatini 25–26 foizga oşirişi mumkin. Şuningdek, oddiy oilalar daromadining qariyb 40 foizi oziq-ovqat mahsulotlariga sarflanişini eslatdi.

“Tadbirkorlar iste’molçilarga moslaşişi kerak, aksinça emas. Tadbirkorlarni iste’molçilar hisobidan himoya qilişday holat bölmasligi kerak”, deydi Hoşimov.

Tadbirkor, şuningdek, bojlar oşirilişi qöşni mamlakatlardan mahsulotlarning norasmiy olib kirilişi köpayişiga sabab bölişi mumkinligidan ogohlantirgan. U bojxona stavkalarini oldindan ma’lum va şaffof tartibda özgartiriş, masalan, ularni har uç yilda bir marta qayta körib çiqiş va bozor iştirokçilarini olti oy oldin xabardor qilişni taklif qilgan.

Hoşimov içki bozorni mahsulotlar bilan ta’minlaşni baholaşda faqat işlab çiqariş va import hajmini emas, balki iste’molning ösişini ham hisobga oliş zarurligini ta’kidlagan. Uning fikriça, bugungi işlab çiqariş hajmi yetarli bölişi mumkin, ammo kelgusi yilda talab oşişi natijasida mahsulot tanqisligi va narxlar ösişi kuzatilişi ehtimoli bor.

Qaror loyihasi qayta işlaş uçun qaytariladi

Yiğilişda boşqa iştirokçilar ham taklifni qöşimça iqtisodiy tahlil qiliş zarurligini bildirgan. Muhokamada sutçilik sohasidagi muammolar, işlab çiqariş tannarxining oşişi, korxonalarning yopilişi, norasmiy savdo hajmi va bojlar özgarişining bandlik hamda soliq tuşumlariga ta’siri kötarilgan.

Muhokama yakunida raislik qiluvçi loyihada ayrim takliflarni asoslovçi yetarli tahlil va hisob-kitoblar taqdim etilmaganini qayd etgan. Şu sababli, hujjatni işlab çiquvçilarga qaytariş, qöşimça hisob-kitoblarni ötkaziş va tadbirkorlar bilan qayta muhokama qiliş taklif etilgan.

Şunday qilib, töqqizta tovar guruhi uçun bojxona imtiyozlarini uzaytirmaslik masalasi hozirça taklifligiça qolmoqda. 2027 yildan boşlab qaysi mahsulotlar uçun nol darajali import bojlari saqlanişi böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda ayrim oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga nol darajali import bojlari 2022 yilda inflyatsiyani jilovlaş va içki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlaş maqsadida joriy etilgan. Keyinçalik, imtiyozlar röyxati kengaytirilgan va ularning muddati bir neça bor uzaytirilgan. Sönggi marta 2025 yil 30 dekabrdagi PF-269-son farmon bilan imtiyozlar 2027 yil 1 yanvargaça uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing