Janubiy Koreyada hukmron partiya yetakchisi iste’foga chiqdi
Olam
−
16 dekabr
1522Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga impichment e’lon qilingan bir paytda, "Xalq kuchi" partiyasi raisi Xan Don Xun iste’foga chiqishga ariza berdi. Bu qarorni bugun, 16 dekabr kuni Seulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ag‘darilgan prezidentni ochiq qo‘llab-quvvatlovchi fraksiyani o‘z ichiga olgan partiya raisi shaxsan ma’lum qildi.
Xonning so‘zlariga ko‘ra, u “oliy kengashning virtual qulashi” tufayli endi partiya yetakchisi sifatida ishlay olmaydi, uning a’zolari ham avvalroq iste’foga chiqishlarini e’lon qilgan.
Shuningdek, siyosatchi dekabr oyi boshida Yun Sok Yolning Janubiy Koreyada harbiy holat joriy etish qaroridan “jabrlangan” mamlakat fuqarolaridan uzr so‘radi.
“Xalq kuchi” uchta fraksiyani o‘z ichiga oladi, ular Yun Sok Yol bilan munosabatlari bilan ajralib turadi. Shartli ravishda ularni blokga eng katta ta’sir ko‘rsatadigan prezident tarafdori, neytral fraksiya va Yunni tanqid qilishga ruxsat bergan, biroq uning tarafdorlari bilan bir blokda qolishda davom etgan fraksiyaga bo‘lish mumkin.
Oxirgi fraksiyani Xan Don Xun boshqargan, u avvalroq Yundan iste’foga chiqishni talab qilgan edi.
Endi Yunning ochiq tarafdorlaridan biri Kvon Sung-dong yangi rahbari tayinlanmaguncha, "Xalq kuchi" raisi vazifasini bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul prokuraturasi sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyongni Prezident Yun Sok Yol qisqacha harbiy holat e’lon qilganidan keyin davlatga xiyonat qilganlikda ayblab, tergov davomida hibsga olgan edi. Keyinchalik Kim Yon Xyong o‘zi saqlanayotgan tergov izolyatorida joniga qasd qilishga uringandi.
Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol esa joriy yilning 18 dekabr kuni maxsus tergovchilar guruhi tomonidan so‘roqqa chaqiriladi.
LiveBarchasi