Janubiy Koreyada harbiy razvedka boshlig‘i hibsga olindi

Olam

image

Janubiy Koreya politsiyasi harbiy razvedka qo‘mondonligi boshlig‘i Mun San Xo va ushbu lavozimning avvalgi egasi No San Vonni harbiy holat voqealari bilan bog‘liq isyonda ishtirok etganlikda gumon qilib, ordersiz hibsga oldi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mun San Xo huquq-tartibot organlarining e’tiborini tortgan, chunki harbiy razvedka qo‘mondonligi xodimlari 3 dekabr kuni harbiy holat e’lon qilingandan ikki daqiqa o‘tib, Markaziy saylov komissiyasi binosiga yetib kelgan. Politsiya generali ular voqeadan avvaldan xabardor bo‘lgan va harbiylarni yuborish haqida buyruq bergan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Janubiy Koreya muxolifatining fikricha, Mun San Xo va No San Von harbiy holat haqidagi farmon matnini tayyorlashda, shuningdek, umumiy tayyorgarlikda ishtirok etgan. No San Von sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyong bilan yaqin aloqada bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Huquq-tartibot organlari fikriga ko‘ra, Kim Yon Xyong ushbu rejani amalga oshirishning asosiy ijrochisi bo‘lgan. 

Shuningdek, prokuratura harbiy kontrrazvedka qo‘mondonligi boshlig‘i Yo In Xyonni ham hibsga olgan. U sobiq mudofaa vaziri va prezident Yun Sok Yol bilan bir maktabda har xil davrda o‘qigan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seul prokuraturasi sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyongni Prezident Yun Sok Yol qisqacha harbiy holat e’lon qilganidan keyin davlatga xiyonat qilganlikda ayblab, tergov davomida hibsga olgan edi. Keyinchalik Kim Yon Xyong o‘zi saqlanayotgan tergov izolyatorida joniga qasd qilishga uringandi. 

Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol esa joriy yilning 18 dekabr kuni maxsus tergovchilar guruhi tomonidan so‘roqqa chaqiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy razvedka Mun San Xo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar