Jalolovga qarshi ringga chiqishga tayyorman – Qamchibek Konkabayev
Sport
−
09 aprel
70862020 yilgi Tokio Olimpiadasi bronza medali sohibi, ikki karra Jahon vitse-chempioni, qozog‘istonlik bokschi Qamchibek Konkabayev yana bir bor o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqishga tayyor. Bu haqda “Sportnews” nashri xabar berdi.
“Agar jang tashkil etilsa, Bahodir Jalolov bilan yana bir marta ringga chiqishga tayyorman. Albatta, bu qiziq jang bo‘ladi. Hozirda professional boksda faoliyatini davom ettirish yoki ettirmaslik haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q”, deydi Konkabayev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Konkaboyev havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagandi.
Ma’lumot o‘rnida, havaskor boksning og‘ir vazn toifasida Konkaboyev va Jalolov 10 marta to‘qnash kelgan va janglarning aksarida o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland ko‘tarilgan.
LiveBarchasi