Jahongir Otajonovning litsenziyasi olib qo‘yildi

Madaniyat-san’at

image
Tezkor: Prezident xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi north_east

Tezkor: Prezident xonanda Ozoda Nursaidovani kechirdi

Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini tugatish bilan bog‘lik masala ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan edik. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Jamoatchilik kengashi o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qildi. 

Xonandalarda xulq odobi birlamchi bo‘lmas ekan, har qanday iste’dod va mahoratli ijro ham ikkinchi darajali bo‘lib qolaveradi. Xonandalar xalq nazaridagi inson bo‘lganligi bois ularga ayniqsa, yoshlar ergashadi, andaza oladi. Ularning har bir xatti-harakati el nazarida bo‘ladi. Keyingi paytlarda Jahongir Otajonov ana shunday mas’uliyatni biroz unutib qo‘ydi, desak xato bo‘lmaydi. 

Joriy yilning may oyida ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otojonov tomonidan san’atkor odobiga, milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan nomunosib harakatlar orqali keng ommaning muborak Ramazon oyida g‘ashiga tegish hollari kuzatilgandi. Bu shunchaki o‘zini ko‘z-ko‘z qilish maqsadidami yoki boshqa maqsaddami, baribir ijtimoiy tarmoqlardagi bunday ko‘rinish yoshlar orasida, jamoatchilik o‘rtasida san’at ahli to‘g‘risida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmagan edi, , deyildi jamoatchilik kengashi yig‘ilishida.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi bugun, 14 oktyar kuni o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi. 

“Joriy yilning 9 oktyabr kuni “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatilgan “Munosabat” tok-shousida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2019 yil 14 sentyabr kuni “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosi muhokamasi davomida studiya monitorida to‘ylardan olingan ayrim lavhalar muhokama qilindi. Bu lavhada xonanda Jahongir Otajonov bilan bog‘liq tasvirlar ham aks etib, ishtirokchilar bunga salbiy munosabatlarini bildirishdi. 

Ushbu ko‘rsatuvdan so‘ng joriy yilning 11 oktyabr kuni “Qalampir.uz” saytida “Jamoatchilik xonanda Jahongir Otajonovning litsenziyasini olib qo‘yishni talab qilyapti” mavzusida maqola e’lon qilindi. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Shunga qaramasdan, xonanda Jahongir Otajonov jamoatchilik e’tirozidan to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga ijtimoiy tarmoq orqali chiqish qilib, “Ollaring mani litsenziyamni, maza qillaring, agar shu bilan madaniyatli bo‘lsalaring. Man xursand bo‘laman... xalq madaniyatli bo‘lib ketib qolsa shu bilan...” qabilida turli fikrlar bildirdi. Xonandaning ushbu chiqishi ijtimoiy tarmoq orqali yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi. 

Xonanda o‘zining ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelmoqda. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, litsenziat Jahongir Otajonov bilan tuzilgan litsenziya bitimida mavjud talablar va shartlar muntazam ravishda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Jahongir Saparbayevich Otajonov nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan AA-seriyali, 7422-son litsenziyaning amal qilishi 2019 yil 14 oktyabr kunidan tugatiladi. 

Shu bilan bir qatorda, barcha san’at ahlini ijtimoiy tarmoqlarda san’atkor odobiga zid turli xil bema’ni so‘zlarni tarqatmaslik, jamoatchilik o‘rtasida san’atkorlarga nisbatan noo‘rin munosabat shakllantirilishiga yo‘l qo‘ymasliklari borasida ogohlantiramiz”. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing