Jahongir Otajonov jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yuqori tezlikda harakatlanib, buni boshqaruv vaqtida telefonida tasvirga olib, Instagram sahifasiga joylagani haqida xabar berilgandi. Mazkur holatni sodir etgan xonandaga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Xonandaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128/3-moddasiga ko‘ra, BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming so‘m) hamda kodeksning 128/1-moddasiga ko‘ra, BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima tayinlangan.

U jami 4,5 million so‘m jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

“Aslida bu ishimni to‘g‘ri hisoblamayman. Avvalo, bu qilgan ishim o‘zim uchun xavfli. Insonmiz-da, haydab ko‘rdim-da, nima deysiz?” deydi xonanda.

Instagram’da e’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, qo‘shiqchi Otajonov soatiga 195 km tezlik bilan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Qoidabuzarlik aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etilgan. Bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda – 110 km/s)ni tashkil etadi. Qo‘shiqchi bir qo‘lida rulni ushlagan holda, boshqasi bilan telefoni orqali tezlik ko‘rsatkichini videoga olgan. Videoda u piyodalar o‘tish joyidan qariyb 150 km/s tezlikda o‘tgani ko‘ringan.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Jahongir Otajonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing