Diqqat! Haydovçilar uçun jarimalar böyiça yangi tartib tasdiqlandi
Jamiyat
−
11:33 2261 3 daqiqa
Özbekistonda haydovçilar uçun jarimalar böyiça yangi tartib tasdiqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirining joriy yil 4 sentyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan “Yöl harakati qoidalarining buzilişiga doir ma’muriy işlarni rasmiylaştiriş va körib çiqiş tartibi töğrisidagi” yöriqnomada belgilangan.
Unga köra, yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça ma’muriy bayonnomalar, asosan, YHXXning “Ma’muriy amaliyot” elektron tizimi orqali rasmiylaştiriladi. Haydovçilar, guvohlar va boşqa iştirokçilar elektron bayonnomalarni elektron imzo yoki barmoq izi orqali tasdiqlaşi mumkin.
Şu bilan birga, YHXX xodimlarining qoidabuzarlardan joyida jarima olişi qat’iyan taqiqlanadi. Haydovçi ma’muriy jarima töğrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boşlab 10 kun içida yuqori turuvçi organ yoki sudga şikoyat qilişi mumkin. Belgilangan muddatda şikoyat berilsa, qaror ijrosi şikoyat körib çiqilguniga qadar töxtatib turiladi. Bunda ma’muriy qamoq töğrisidagi qarorlar mustasno.
Şikoyatni körib çiqiş jarayonida jarima töğrisidagi qaror bekor qilinsa, undirilgan pul qonunçilikda belgilangan tartibda qaytariladi. Ayrim yöl harakati qoidabuzarliklari uçun asosiy jazo bilan birga jarima ballari ham hisoblanadi. Bir qoidabuzarlik uçun eng köpi bilan 2 ball beriladi. Jarima ballari bir yil davomida hisoblab boriladi va uşbu muddat ötgaç avtomatik ravişda öçiriladi. Agar haydovçining jarima ballari bir yil içida 12 balldan oşsa, qöşimça jazo masalasini hal qiliş uçun iş materiallari sudga elektron şaklda yuboriladi.
Hujjatga köra, jarima töğrisidagi qaror çiqarilganidan keyin 60 kun içida tölov amalga oşirilmasa, transport vositasini uşlab turiş çorasi qöllanişi mumkin. Biroq haydovçi jarimani elektron tölov tizimi, mobil ilova yoki bank kassasi orqali töliq tölab, tölov tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştirilmaydi. Şuningdek, belgilangan istisnolardan taşqari, jarima haqidagi qaror olinganidan keyin 15 kun içida uning 50 foizi yoki 30 kun içida 70 foizi tölansa, qolgan qismini tölaşdan ozod etiş tartibi nazarda tutilgan.
Haydovçilar yöl harakati qoidabuzarliklariga oid ma’muriy işlar yuzasidan yaşaş joyidan qat’i nazar, istalgan hududiy ma’muriy amaliyot markaziga murojaat qilişlari mumkin. Markazlarda elektron navbat taşkil etiladi. Murojaatlarni körib çiqişda fuqarolardan ortiqça hujjat talab qilinmasligi, zarur ma’lumotlar tegişli davlat idoralaridan elektron tizim orqali olinişi belgilangan.
Mazkur yöriqnoma rasmiy e’lon qilingan kundan ikki oy ötib, 2027 yil 6 yanvardan kuçga kiradi.
Live
Barchasi