Jahongir Otajonovni boshqa bir san’atkor 2,3 mlrd so‘mga “uxlatdi”

3-sahifa

image
Jahongir Otajonov jarimaga tortildi (video) north_east

Jahongir Otajonov jarimaga tortildi (video)

Xonanda Jahongir Otajonovni o‘zining “aka-ukadek bo‘lib ketgan” tanishi 2,3 mlrd so‘mga chuv tushirdi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi. 

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ikki shaxs dastlab 2003-2009 yillarda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida birga o‘qib, tanishgan va keyinchalik do‘stona aloqalariga qaramay, xonanda X.H. Otajonovning ishonchidan foydalanib, moliyaviy firibgarlik qilgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, X.H. Jahongir Otajonovning Lexus va BMW avtomobillarini, shuningdek, uyining ayrim qismlarini sotib olish va turli tadbirlarda xizmat ko‘rsatish evaziga berilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan. Firibgarlik 2017 yilda boshlangan. Masalan, 2017 yilning noyabrda X.H. Otajonovning Lexus avtomobilini 68 ming dollarga baholab, dastlab 34 ming dollarni bergan va qolganini ikki yil ichida to‘lashga va’da bergan. Ammo avtomobilni boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirib, qolgan summani o‘z ehtiyojlariga sarflagan.

2019 yilning iyul oyida Otajonovni Toshkentdagi to‘y marosimiga taklif qilib, xizmat evaziga berilgan 1000 dollarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatgan. Shuningdek, Qashqadaryoda boshqa to‘y marosimlarida xizmat evaziga berilgan 5 ming dollarni ham olgan va san’atkorga berishdan bo‘yin tovlagan.

2021 yilda Otajonovning BMW avtomobilini 83 ming dollarga sotib olgan, dastlab 15 ming dollarni bergan va qolganini ikki yil davomida bo‘lib to‘lashga kelishgan, ammo avtomobilni boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirib, pulni to‘lamagan. Shu yilning mart oyida Otajonovning Toshkentdagi xonadonini 35 ming dollarga sotish niyatida ekanini bilib, X.H. 30 ming dollarni bergan, qolgan 5 mingini “keyin beramiz” deb va’da qilgan, lekin bu va’dasiga rioya qilmagan.

Shuningdek, X.H. Otajonovning boshqa xonadonini ham sotib olish bo‘yicha firibgarlik qilgan va jami 32 ming dollarni o‘z ehtiyojlariga ishlatgan. Sud jarayonida X.H. qilgan ishlaridan pushaymonligini bildirib, imkon berilsa, yetkazilgan moliyaviy zararlarni qoplashga tayyorligini aytgan.

Yakkasaroy  tumani sudining hukmiga ko‘ra, X.H. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bo‘yicha aybli deb topilgan va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, Otajonovga yetkazilgan jami 2 milliard 337 million so‘mlik moliyaviy zarar undirilishi belgilangan. X.H. nomiga Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi ikki xonadon firibgarlik ortidan orttirilgan mulk sifatida baholangan va ularning sotuvdan tushgan mablag‘lari yetkazilgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov BMW Lexus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing