Farg‘onada “pravasiz” o‘smir BMW’da YTHga uchrab, halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
14:22 2258 2 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida haydovchilik haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan o‘smir katta tezlikda yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u oldin ham yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi sababli ogohlantirilgan va qoidabuzarligi sabab unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan. Biroq yigit Furqat tumanida yana rul boshqaruviga o‘tirgan. U keskin burilishda harakat tezligini oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, birinchi ogohlantirish ustuniga, keyin beton simyog‘och, oxirida esa daraxtga borib urilgan.
“Beshariq tumanidan Qo‘qon shahriga harakatlanib turgan vaqtimizda, shu tezligimiz yuzdan oshiqroq edi. “Obgon”ga chiqayotgan vaqtimizda yo‘l qayrilgan bo‘lgan. Haligi mashinadan to‘g‘ri “obgon”ga chiqqan vaqtda betonga urildik. Betonga urilgandan keyin “stolba”ga urilib, “stolba” og‘anagandan keyin men labovoydan otilib chiqib ketdim. Mashina ariqni ustiga sanchilib turib, mashina salto otib ketgan. Qolganini eslolmayman. O‘zi changni ichidan chiqib kelganman men”, deydi ushbu mashinada bo‘lgan yo‘lovchilardan biri.
Shuningdek, u hodisadan keyin haydovchini ko‘rganini, hamma joyi butga o‘xshaganini, biroq pulsini o‘lchaganda u vafot etganini bilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida Cobalt skuterni urib yuborishi oqibatida buvi va uning nevarasi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi