Jahongir Otajonov mashinasini 195 km/soat tezlikda haydadi (video)

3-sahifa

image

Xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yuqori tezlikda harakatlandi va buni boshqaruv vaqtida telefonida tasvirga olib, Instagram sahifasiga joyladi.

Qo‘shiqchi Otajonov soatiga 195 km tezlik bilan yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Videoga ko‘ra, qoidabuzarlik aholi yashash punktidan tashqarida, avtotrassada sodir etilgan, bunday joylarda ruxsat etilgan maksimal tezlik esa 100 km/s (ayrim hududlarda – 110 km/s)ni tashkil etadi. Qo‘shiqchi bir qo‘lida rulni ushlagan holda, boshqasi bilan telefoni orqali tezlik ko‘rsatkichini videoga oladi. Videoda u piyodalar o‘tish joyidan qariyb 150 km/s tezlikda o‘tgani ko‘ringan.

“Zeekr qancha tezlikka chiqarkan deyishgandi. Qani ko‘ramiz. Sharoit bor chiqarishga. 195 ga chiqardim, uyog‘iga harakat ko‘p ekan, to‘g‘risi, qo‘rqdim. Balki 200 ga ham chiqar”, degan xonanda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij Olimpiadasi chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Toshkent ko‘chalari bo‘ylab Prezident sovg‘asi bo‘lgan Tahoe’da 110 km/soat tezlikda harakatlandi. U jarayon aks etgan videoni o‘z Instagram sahifasiga joylagandi.

Ma’lumki, Toshkent shahrida esa avtomobillar uchun cheklangan tezlik 60 km/soatni tashkil qiladi. Video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgach, sportchi uni sahifasidan o‘chirib yubordi. Mo‘ydinxo‘jayev 3 million 60 ming so‘m miqdorda jarimaga tortildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-3-moddasi ( Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi) 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov yuqori tezlik Zeekr X

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made