Jahongir Otajonov yana uylandimi?

Madaniyat-san’at

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning yana bir bor oila qurgani haqida xabarlar va nikoh marosimidan ekanligi aytilayotgan fotosurat tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ san’atkorning ma’muri bilan bog‘landi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu fotosurat ancha eski. 

“Bu ancha avvalgi surat. Kim nima maqsadda suratni tarqatganini bilmaymiz. Jahongir Otajonovning o‘zi hozir Toshkentda emas”, deydi u.

Shuningdek, ma’mur suratdagi ayolni tanimasligi, Otajonov u bilan turmush qurgani yoki ajrashgani haqida ma’lumotga ega emasligi va xonandaning shaxsiy hayotiga oid boshqa ma’lumotlarni ochiqlay olmasligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonov 1978 yil 29 sentyabrda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, san’atkorning 3 nafar farzandi bor. Uning rafiqasi esa matbuotda ko‘rinish bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Otajonov Ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgani uchun sudlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Otajonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing