Zelenskiy Yevropa bo‘ylab safardan nimani ko‘zlaganini ochiqladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropaning ayrim davlatlariga tashriflarining ustuvor yo‘nalishi mamlakat Qurolli kuchlarini qarshi hujumga tayyorlash ekanini aytdi. Bu haqda bugun, 15 may kuni Zelenskiyning veb-saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z bordi. 

“Italiya, Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyaga tashriflar chog‘ida mamlakatimizni mudofaa sohasida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Yevropa poytaxtlariga tashriflarning ustuvor yo‘nalishi – Ukraina Qurolli kuchlarining bosib olingan hududlarni ozod qilishi va frontdagi faol operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rishidir”, degan Zelenskiy.

Shuningdek, u uchrashuvlar chog‘ida Ukraina uchun “qiruvchi koalitsiya” tuzish hamda NATOning Vilnyusdagi sammitiga tayyorgarlik bo‘yicha muzokaralar davom etganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 may kuni Ukraina Prezidenti Rim va Vatikanda ham bo‘lib, Italiya rahbariyati va Rim papasi Fransisk bilan uchrashgandi. Zelenskiy muzokaralar davomida Ukraina osmonini himoya qilish bo‘yicha muhim qarorlarga erishilganini aytdi. Kecha, 14 may kuni esa u Berlinda Prezident Shtaynmayer va kansler Olaf Shols bilan uchrashdi. Muzokaralardan so‘ng Germaniya bu yildan boshlab Kiyev hukumatiga harbiy yordam uchun yana 11 milliard yevro yuborishi e’lon qilindi. Shu kunning o‘zida u Parijga bordi va fransiyalik mavqedoshi Emanuel Makron bilan uchrashdi. Muzokaralardan so‘ng Yelisey saroyi tomonidan tarqatilgan qo‘shma bayonotda Fransiya yaqin haftalarda bir nechta ukraina batalonlarini tayyorlashi va ularni o‘nlab zirhli texnika hamda AMX-10RC g‘ildirakli tanklari bilan jihozlashi e’lon qilindi. Bugun, 15 may kuni esa Zelenskiy Londonga bordi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak bilan muzokaralar o‘tkazganidan keyin London Ukraina uchun 200 kilometrdan uzoq masofaga uchishi mumkin bo‘lgan yuzlab harbiy dronlarni berishga rozi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing