Ukraina Adigeyadagi Ozon logistika markaziga zarba berdi
Olam
−
08:13 770 1 daqiqa
Ukraina keça, 4 noyabr kuni Rossiyaning Adigeya Respublikasidagi Ozon internet-dökoniga tegişli logistika markaziga zarba berdi. Hujum Adigeysk şahrida sodir böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Adigeya Respublikasi rahbari Murat Kumpilov yonğinni öçiriş uçun voqea joyiga öt öçiruvçilar yuborilganini ma’lum qilgan. Şuningdek, dron qoldiqlari yaqin atrofdagi ikkita qişloqqa tuşib, zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Ozon kompaniyasi hujum vaqtida logistika markazidagi barça xodimlar evakuatsiya qilinganini, qurbonlar haqida ma’lumot yöqligini bildirgan. Ma’lum qilinişiça, kompaniya boşqa markazlar orqali yetkazib beriş imkoni bölmagan buyurtmalarni bekor qiladi. Şuningdek, hujumga uçragan markazda sotuvçilardan mahsulotlarni qabul qiliş vaqtinça töxtatilgan.
Bu Ozon’ning Adigeyskdagi logistika markaziga ikkinçi hujum böldi. Ukraina iyul oyidan buyon Rossiyaning Ozon va uning raqobatçisi Wildberries kompaniyalariga tegişli önlab yirik omborlariga zarba berib kelmoqda.
Ozon ötgan hafta e’lon qilgan moliyaviy hisobotida dron hujumlari oqibatida 11 ta ob’ektida jami 30,1 milliard rubl (367 million dollar) zarar körişi kutilayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni Ukraina Rossiyaning 2500 kilometr içkarisida joylaşgan Ozon omboriga zarba bergandi.
Live
Barchasi