Yevropada 7 ta samolyotga bomba bilan tahdid qilindi

Olam

−

image

Yevropaning bir neçta mamlakatida yettita yölovçi samolyotiga bomba qöyilgani haqida xabar berildi. Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar boşqa aeroportlarga yönaltirildi, qolganlari esa qönganidan keyin tekşirildi. Barça reyslar xavfsiz qöndi, samolyotlarda portlovçi qurilmalar topilmadi. Buyuk Britaniya hukumati tahdidlarni ataylab tarqatilgan yolğon xabarlar deb baholadi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, hodisalardan ikkitasi Buyuk Britaniyadan uçgan samolyotlar bilan boğliq. Ulardan biri Londonning Xitrou aeroportidan, ikkinçisi esa Mançester şahridan parvoz qilgan. Mançester şahridan Ispaniyaning Mursiya şahriga uçgan Ryanair samolyotini aeroportda favqulodda xizmatlar kutib olgan. Ispaniya rasmiylari tekşiruvdan keyin samolyotda portlovçi moddalar topilmaganini ma’lum qilgan.

Buyuk Britaniya Transport vazirligi vakili tahdidlar jiddiy emasligini bildirgan va yölovçilarni xavotirga tuşmaslikka çaqirgan. Hukumat vakilining aytişiça, mamlakatda ehtimoliy tahdidlar, jumladan, ataylab tarqatilgan yolğon xabarlarni tekşiriş va ularga javob qaytariş böyiça xavfsizlik tartiblari mavjud.

Polşaning Varşava şahri yaqinidagi Modlin aeroporti ham bomba tahdidi sabab vaqtinça yopilgan. Bunga Londonning Xitrou aeroportidan uçgan Polşaning LOT aviakompaniyasiga tegişli samolyotning boşqa aeroportga yönaltirilişi sabab bölgan. Varşavadagi Frederik Şopen aeroportiga qönişi kerak bölgan Boeing 737 Max samolyoti Modlin aeroportiga yönaltirilgan.

Samolyot qöngaç, yölovçilar undan tuşirilgan va xavfsizlik tekşiruvi ötkazilgan. Heç qanday portlovçi qurilma topilmagan. Modlin aeroporti vakili Adam Şablovskiyning AFP agentligiga aytişiça, tekşiruvlardan keyin aeroport qayta oçilgan va odatdagi tartibda işlay boşlagan.

Bundan taşqari, Kopengagendan Varşavaga uçayotgan Scandinavian Airlines (SAS) samolyotiga ham bomba tahdidi kelib tuşgan. Biroq samolyot Varşavadagi Frederik Şopen aeroportiga qöngan. Tekşiruv davomida portlovçi qurilmalar aniqlanmagan, ammo aeroportning bir qismi vaqtinça yopilgan.

Italiyada ham ikkita Ryanair samolyoti bomba tahdidi sabab tekşirilgan. Ulardan biri Lissabondan, ikkinçisi Dublindan Rimga uçgan. Dublindan kelayotgan samolyotni Italiya harbiy-havo kuçlarining qiruvçi samolyotlari kuzatib borgan. Har ikkala reys Rimdagi Fyumiçino aeroportiga xavfsiz qöngan va tekşiruvlarda portlovçi moddalar topilmagan.

Bolgariya Transport vazirligi ma’lumotiga köra, Bergamodan uçgan Wizz Air va Dublindan Sofiyaga yöl olgan Ryanair samolyotlariga ham bomba tahdidi haqida xabarlar kelib tuşgan. Har ikki samolyotda taxminan 180 nafardan yölovçi bölgan. Reyslar xavfsiz qöngan, tekşiruvlarda portlovçi qurilmalar aniqlanmagan.

Şuningdek, hodisalardan bir kun oldin Londonning Luton aeroportidan Bolgariya poytaxti Sofiyaga uçayotgan Wizz Air samolyoti ham bomba tahdidi sabab yönalişini özgartirgan. Samolyot Vengriyaning Budapeşt şahriga favqulodda qöngan va uni Vengriya qiruvçi samolyoti kuzatib borgan. Aviakompaniya tahdid parvoz vaqtida kelib tuşganini bildirgan.

Hozirça uşbu tahdidlarning özaro boğliqligi aniqlanmagan. Tergovçilar ularning ortida biror davlat turganiga oid dalillar topilmaganini bildirgan. Şunga qaramay, Yevropa mamlakatlari huquq-tartibot idoralari vaziyatni kuzatib, tekşiruvlar yuzasidan özaro ma’lumot almaşmoqda.

Koventri universitetining aviatsiya xavfsizligi böyiça taşrif buyuruvçi professori Filip Baumning aytişiça, soxta bomba tahdidlari deyarli har kuni uçrab turadi. Uning sözlariga köra, bunday xabarlarning aksariyatini hazil qiliş yoki biror sabab bilan parvozni keçiktirişni istagan şaxslar tarqatadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing