Ukrainaning hujumi oqibatida Qrim elektrsiz qoldi

Olam

−

image

Ukraina Qurolli kuçlari bugun, 4 noyabrga ötar keçasi Rossiyaning energetika ob’ektlariga hujum qildi. Hujum oqibatida Qrim yarimoroli va Sevastopol şahrida elektr ta’minoti uzildi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Rossiya Energetika vazirligi ma’lumotiga köra, zarbadan keyin Qrim va Sevastopoldagi iste’molçilar elektr energiyasisiz qolgan. Energetika sohasi xodimlari avariya oqibatlarini bartaraf etiş va elektr ta’minotini tiklaş işlarini boşlagan.

Hozirda elektr energiyasini iste’mol qiliş vaqtinça çeklanmoqda. Bu çoralar hujum oqibatlarini tezroq bartaraf etiş va elektr ta’minotini bosqiçma-bosqiç tiklaş uçun joriy etilgan. Ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlar esa zaxira elektr manbalariga ulanmoqda.

Avvalroq, Qrim rahbari maslahatçisi yarim oroldan taşqaridagi energetika tizimida yana avariya yuz berganini ma’lum qilgan. Uning aytişiça, elektr ta’minotidagi çeklovlar şu sababli joriy etilgan va tiklaş işlari olib borilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, bugun, 4 noyabrga ötar keçasi mamlakat hududlari hamda Qora va Azov dengizlari ustida Ukraina tomonidan uçirilgan 709 ta dron tutib olinib, yöq qilingan.

Dronlar Belgorod, Bryansk, Kursk, Kaluga, Tula, Ryazan, Oryol, Voronej, Saratov, Samara va Rostov viloyatlari, Krasnodar ölkasi, Moskva hududi, Qrim hamda Adigeya ustida urib tuşirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez“ neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragandi. Hujum oqibatida Kstovo tumanidagi sanoat korxonasi jiddiy zarar körgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing