Zelenskiy Uitkoffga Ukrainaning “qizil chiziqlari”ni eslatib qo‘ydi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning Rossiya bilan tinchlik muzokaralarida asosiy omilga aylangan Ukrainaning bosib olingan beshta hududi haqidagi so‘zlariga izoh berdi. Bu haqda u kecha, 15 aprel kuni Odessada NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan matbuot anjumani chog‘ida so‘z ochdi.

“Barcha hududlar unitar Ukraina davlatiga qarashli. Shuning uchun... davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapirishi mumkin”, dedi Zelenskiy.

Ukraina rahbari, shuningdek, Kiyev uchun qizil chiziqlar “vaqtincha bosib olingan har qanday hududlarni Ukraina emas, balki Rossiya hududi deb tan olish” ekanini ta’kidladi. Zelenskiy “tegishli vakillar” bu masalani “o‘z vakolatlaridan tashqari” muhokama qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda north_east

Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda

Eslatib o‘tamiz, AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff “Fox News” telekanaliga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga intilayotganini, ammo “bu mojarodagi eng katta muammo” Kreml talab qilayotgan beshta Ukraina hududi Rossiya deb tan olinishini aytgan edi. Gap Qrim, Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlari haqida bormoqda.

AQSHning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg esa 11 aprel kuni Kiyev hech qachon Xerson, Zaporoje, Lugansk va Donetskning to‘rtta viloyatini to‘liq mulk sifatida Rossiyaga bir tomonlama ravishda berishga rozi bo‘lmasligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy Stiven Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing