Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga intilmoqda – Trampning odami

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga intilayotgani, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi kelishuv Ukrainaning besh viloyati taqdiriga daxldor ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 14 aprel kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Uitkoffdan 11 aprel kuni Sankt-Peterburgda Putin bilan muzokaralari qanday o‘tgani so‘ralgan.

“Bu allaqachon u bilan uchinchi uchrashuv. Bu oxirgi uchrashuv besh soatcha davom etdi. Xonada uning ikkita asosiy maslahatchisi bor edi: Yuriy Ushakov va Kirill Dmitriyev. Bu qiziqarli uchrashuv bo‘ldi va yakunda biz o‘z pozitsiyalarimizni yaqinlashtirdik”, dedi Uitkoff.

Uning aytishicha, Putin so‘rayotgan narsa – doimiy tinchlik bo‘lishi.

Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda north_east

Trampning odami rossiyaparast takliflarni ilgari surmoqda

“Ushbu tinchlik shartnomasi beshta hudud deb ataladigan hududga tegishli, ammo yana ko‘p narsalar mavjud. Xavfsizlik protokollari mavjud. NATO, beshinchi modda bor. Bunga juda ko‘p tafsilotlar kiradi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi haqiqiy muammolarga asoslangan murakkab vaziyat”, deya davom etdi AQSH maxsus vakili.

“Biz butun dunyo uchun juda va juda muhim bo‘lgan narsa yoqasida bo‘lishimiz mumkin. Bundan tashqari, menimcha, mintaqada haqiqiy barqarorlikni ta’minlaydigan juda jozibali tijorat imkoniyatlari orqali Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Hamkorlik barqarorlikni yaratadi”, deya xulosa qildi u.

Vladimir Putin va Stiv Uitkoff o‘rtasidagi uchrashuv 11 aprel kuni Sankt-Peterburgda Prezident kutubxonasi binosida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralardan so‘ng Kreml voizi Dmitriy Peskov uchrashuv tafsilotlari sir saqlanishini aytdi. Shu bilan birga, u Rossiya Prezidenti va AQSH Prezidentining maxsus vakili Rossiya-Ukraina mojarosini tartibga solishni muhokama qilganini bildirdi. Oq uy esa Uitkoffning Rossiyaga tashrifini Ukrainada tinchlikka erishish yo‘lidagi qadam deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Stiv Uitkoff

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing