Zelenskiy Putin bilan qayerda uchrashishni xohlashini aytdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vatikanni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun ideal joy deb biladi. Bu haqda Ukraina rahbari "la Repubblica" nashriga ma’lum qilgan. 

Zelenskiy Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan Donbassdagi tinchlik jarayonini muhokama qilmoqchi. 

"Bu har jihatdan eng maqbul joy bo‘lishi mumkin. Vatikan haqiqatan ham tinchlik to‘g‘risida muloqot qilish uchun ideal joy", degan Vladimir Zelenskiy. 

Xabarda aytilishicha, hozirda Ukraina va Rossiya Prezidentlarining uchrashuvi o‘tkaziladigan joy masalasida boshqa rejalar mavjud emas. 

Avvalroq, Zelenskiy uchrashuv joyi muhim emasligini ta’kidlagandi.  

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni harbiy harakatlar ketayotgan Donbassda uchrashishga taklif qilgandi. 

Putin bunga javoban har qanday qulay vaqtda ikki tomonlama munosabatlarni Moskvada muhokama qilishga tayyorligini e’lon qilgandi. 

Keyinchalik, Ukrainaning sobiq Prezidenti, Donbassdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhidagi Ukraina delegatsiyasining amaldagi rahbari Leonid Kravchuk Zelenskiy Moskvaga bormasligini aytgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabat sovuqlashib bormoqda. Bunga bir tomondan Ukrainaning NATO harbiy blokiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlari, ikkinchi tomondan esa Rossiyaning bevosita Ukraina bilan chegarasiga 100 mingdan oshiq qo‘shin to‘plagani sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Zelenskiy

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing