Zelenskiy NATOni Rossiyaga qarshi “boshqacha harakat qilishga” chaqirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO davlatlarini Rossiyaga nisbatan “qat’iy harakat qilishga” chaqirdi. Uning ushbu bayonoti Rossiya Federatsiyasi tomonidan Polsha hududini o‘qqa tutishi fonida aytilgan. 

“Bugun biz uzoq vaqtdan beri ogohlantirgan voqea yuz berdi. Terror faqat bizning davlat chegaralarimiz bilan chegaralanmaydi. Rossiya raketalari Polshaga zarba berdi”, deydi davlat rahbari videomurojaatida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qancha muddat jazosizligini his qilsa, Rossiya raketalariga yetib bora oladigan har bir kishi uchun shunchalik ko‘p tahdidlar paydo bo‘ladi. 

“NATO hududiga raketa otish – bu Rossiyaning kollektiv xavfsizlikka raketa hujumi! Bu juda muhim eskalatsiya. Biz harakat qilishimiz kerak”, deydi Zelenskiy. 

Shuningdek, u polshalik mavqedoshi Anjey Duda bilan telefon suhbati haqida gapirdi:  

"U Polsha fuqarolarining Rossiya raketa terrori oqibatida halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Biz mavjud ma’lumotlarni almashdik, barcha faktlarni aniqlaymiz", deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini "vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya" deb atadi.  

AQSH Prezidenti Jo Baydenga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Polsha hududiga tushgan raketani Rossiya uchirganini tasdiqlamagan


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

74

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing