Zelenskiy muzokara o‘tkazilishini tasdiqladi. Ukraina Belarusga kimni yubordi?

Olam

image

Ukraina delegatsiyasi haqiqatdan ham Rossiya bilan muzokara o‘tkazish uchun Belarusga jo‘nagan. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qild.

“Biz Ukraina delegatsiyasi rossiya vakillari bilan Ukraina-Belarus chegarasida, Pripyat daryosi yaqinida hech qanday shartlarsiz uchrashishiga kelishib oldik”, degan Zelenskiy Belarus fuqaro Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali o‘tkazgan muloqoti haqida ma’lumot berib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko Ukraina delegatsiyasining safari, muzokaralari va qaytishi davomida Belarus hududida joylashgan barcha samolyotlar, vertolyotlar va raketalar yerda qolishi mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan.

OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Gomeldagi muzokaralarda Kiyev nomidan Ukraina Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mikola Tochitskiy ishtirok etadi.

Ammo Ukraina TIV bu ma’lumotni rad etgan. Shu bilan birga muzokaralarda kim ishtirok etishiga aniqlik kiritmagan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made