Zelenskiy ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni, Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Valeriy Zalujniy o‘z nomzodini ilgari surmasligi sharti bilan prezidentlik uchun ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda  manbalariga tayanib, “Telegraf” nashri  xabar berdi.

“Zelenskiyning atrofidagilar “Telegraf”ga ikkinchi muddat bo‘yicha qaror qabul qilinganini aytdi, 52% ishonch darajasi bilan u hali ham g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, nashr ta’kidlashicha, Zelenskiy Zalujniy o‘z nomzodini ilgari surmasagina o‘z nomzodini qo‘yadi. Nashrning yozishicha, Zalujniy hatto Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermakdan ham taklif olgan: agar u o‘zini ko‘rsatmasa va saylovlarda Zelenskiy tarafidan qatnashsa, sobiq bosh qo‘mondon partiya ro‘yxatidan birinchi o‘rinni va parlament spikeri lavozimini egallashi mumkin. “Telegraf” nashrining yozishicha, Zalujniy hali yakuniy qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, Zelenskiyning vakolat muddati 2024 yilning 20 may kuni tugagan. Ukrainada 2024 yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan. Zelenskiy hozir saylovlar o‘tkazish vaqti emasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy amerikalik podkaster Leks Fridman bilan suhbatda Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari urush tugagan yilda o‘tkazilishi haqida aytgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, urush davrida ham saylov o‘tkazish mumkin, ammo buning uchun qonunchilikni va ovoz berish tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing