Zelenskiy Eronga talab bilan chiqdi
Olam
−
11 yanvar 2020
15329Avvalroq, Eron Tehron yaqinida halokatga uchragani aytilayotgan Ukraina samolyotini raketa bilan urib tushirganini tan olgani haqida xabar bergan edik. Eron mas’ullari bu hodisani insoni xatosi bilan yuz berganini ta’kidlagandi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Eronning fojiadagi rolini tan olganiga munosabat bildirdi.
“Bugun tong yaxshi bo‘lmadi, ammo haqiqat oshkor bo‘ldi. Xalqaro komissiya o‘z ishini yakunlashidan avval Eron Ukraina samolyotini urib tushirganini tan oldi. Biroq biz Eron aybiga to‘liq iqror bo‘lishini talab qilamiz”, degan Zelenskiy.
Ukraina rahbari Eron fojia uchun diplomatik yo‘llar orqali rasman kechirim so‘rashi, aybdorlarni jazolashi va kompensatsiya to‘lashi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro havo yo‘llari” samolyotining Tehron yaqinida qulashi natijasida bortdagi hech kim omon qolmagan. Hodisada jami 176 kishi halok bo‘lgan. Hodisadan keyingi tergov vaqtida samolyot qulagan hududdan Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qoldiqlari topilgandi.
LiveBarchasi