Rossiyada harbiy samolyot quladi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
20:08 708 1 daqiqa
Bugun, 29 sentyabr kuni Amur viloyatida Rossiya harbiy samolyoti halokatga uchradi. Oqibatda oti kishi halok bo‘ldi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
“Shot” Telegram-kanalining yozishicha, harbiy samolyot Krasnoyarovo qishlog‘i yaqinida qulagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda yetti kishi bo‘lgan. Dastlab ulardan uch nafari halok bo‘lgani, yana to‘rt kishi shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan edi. Keyinroq, “Mash” nashri halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetganini – ayrim harbiylar shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etganini yozgan.
Qayd etilishicha, Tu-95 samolyoti havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib qulagan. Taxmin qilinishicha, qulagandan so‘ng samolyotning yonilg‘i baklari portlagan va havo kemasi yonib ketgan.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, samolyot o‘quv-mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchragan. U jangovar to‘plamsiz bo‘lgan va aholi yashamaydigan hududga qulagan. Idora ekipajning olti nafar a’zosi halok bo‘lganini, bir kishi jarohat olganini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida harbiy samolyot halokatga uchrashi oqibatida bortdagi 13 kishining barchasi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi