AQSHda yirik aviahalokat: o‘ndan ortiq qurbon bor (video)

Olam

image

Kecha, 14 iyun kuni AQSHning Missuri shtatida sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida 11 nafar parashyutchi va 1 uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Fox “News” xabar berdi.

AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Pacific Aerospace P750 samolyoti Missuri shtatidagi Batler-Memorial aeroportidan uchish vaqtida halokatga uchragan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda havo harakatini boshqarish xizmati ko‘rsatilmayotgan bo‘lgan.

Beyts okrugi favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, xususiy samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, noma’lum sabablarga ko‘ra ortiga qayrilgan va aeroport yaqiniga qulagan.

Qulaganidan so‘ng samolyot to‘liq olov ichida qolgan, biroq favqulodda xizmatlar xodimlari yong‘inni tez fursatda o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyotda dvigatel bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganligi yoki quvvat yo‘qotilganligi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtatida piklbol jamoasini olib ketayotgan yengil samolyot halokatga uchragan edi. O‘shanda halokat oqibatida besh kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing