Zelenskiy Daniya qirolichasi va qirollik oilasi a’zolari bilan uchrashdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniyada qirolicha Margrete II va qirollik oilasi a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Daniya qirollik oilasining Ukraina va ukrain xalqini qo‘llab-quvvatlagan bayonotlari va harakatlari biz uchun katta ahamiyatga ega. Biz qirollik oilasining Daniya va Ukrainada faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlarning insonparvarlik sa’y-harakatlarini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganini yuksak qadrlaymiz”, deb yozgan Prezident. 

Shuningdek, Zelenskiy Daniya xalqi, hukumati va parlamentiga Ukrainaga ko‘rsatilayotgan qudratli gumanitar, moliyaviy va harbiy yordam uchun minnatdorlik bildirgan.

“Biz har doim sizning qo‘llab-quvvatlashingiz, hayot va ozodlik uchun kurashimiz shu yerda uchrashishini tushunganingiz uchun minnatdormiz”, deydi Ukraina rahbari.

Xususan, u Daniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi doirasida maktablar, shifoxonalar, bomba potlashidan yashirinish joylari, suv, issiqlik va energiya ta’minoti va boshqalarni tiklashga qaratilgan faoliyatini alohida qayd etgan.

Zelenskiyning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u qirollik oilasi a’zolari – valiahd shahzoda Frederik va malika Merilarga Ukraina va Daniya birgalikda amalga oshirayotgan sarmoyaviy va gumanitar loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni taklif qilgan.

Qirolicha bilan uchrashuvda Ukrainaning Birinchi xonimi Yelena Zelenskaya ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan Janubiy Yutlandiyadagi Skridstrup aeroportida F-16 qiruvchilaridan birini ko‘zdan kechirgandi. Keyinchalik o‘tkazilgan matbuot anjumanida Mette Frederiksen Daniya F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga Yangi yilga yaqinroq yetkazib berishga umid qilayotganini aytdi. Bugun, 21 avgust kuni esa Daniya parlamentida nutq so‘zladi. 19 avgust kuni esa Vladimir Zelenskiy va Yelena Zelenskaya Shvetsiyaga borgan va qirol Karl XVI Gustav va qirolicha Silviya bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy Daniya Margrete II

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made