Zelenskiy AQSHga jo‘nab ketdi
Olam
−
19 Sentabr 2023
4074Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHda uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish uchun Nyu-Yorkka uchib ketdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
U Nyu-Yorkka borgach, darhol AQSHda davolanayotgan Ukraina Qurolli kuchlarining yoniga yo‘l olgan.
Safar doirasida Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zlash, tashkilot Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ishtirok etish, shuningdek, “muhim ikki tomonlama uchrashuvlar” o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti Vashingtonga borib, u yerda AQSH Prezidenti Jo Bayden, Kongress palatalari va partiyalari rahbarlari, harbiy rahbariyat, amerikalik biznes va jurnalistlar bilan muzokaralar o‘tkazishi ham rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Zelenskiy bilan urushdagi mavjud vaziyat haqida gaplashish va sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi oldidan o‘zaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Kiyevga tashrif buyurganligi haqda xabar bergan edik.
LiveBarchasi