Zarrux Adashevning UFC’dagi jangi bekor qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarrux Adashevning UFC’dagi jangi bekor qilindi

29 yoshli Zarrux Adashev (4-3) promoushendagi 4-jangini 2022 yilning 16 yanvar kuni “UFC Vegas 46” turniri doirasida braziliyalik Kleydson Rodrigesga (7-1) qarshi o‘tkazishi kerak edi. Biroq Adashev qo‘lidan olgan jarohati sabab ushbu jangda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi va UFC ushbu jangni bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 1 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘tkazilgan “UFC Vegas 33” turnirida oktagonga ko‘tarilgan Adashev amerikalik Rayan Benuani (10-8) ochkolar evaziga mag‘lub etgan va promoushendagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, “UFC Vegas 46” turnirida yana bir o‘zbekistonlik sportchi Saidyoqub Qahramonov (9-2) amerikalik Brayan Kellexerga (23-12) qarshi oktagonga ko‘tariladi. U debyut jangini 2021 avgust kuni o‘tkazgan va unda Trevin Jonsni (13-7) taslim etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Zarrux Adashev Saidyoqub Qahramonov Kleydson Rodriges UFC Vegas 46

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing